O‘zbekiston | 21:16 / 25.10.2018
50567
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Umra ziyoratiga boruvchi o‘zbekistonliklarga xizmat qiluvchi mehmonxonalar ma'lum qilindi

O‘zbekistondan Umra ziyoratini amalga oshiruvchi mo‘'min-musulmonlar Makkai Mukarrama shahrida 4 yulduzli Al Kiswah Hotel Towers,  Madinai Munavvarada 5 yulduzli Pullman Zamzam Madina Hotel  mehmonxonalariga joylashtiriladi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan Milliy matbuot markazida tashkil etilgan brifingda ma'lum qildi.

Video: TasIX

Video: YouTube

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi yillarda, jumladan 2016 va 2017 yillarda Makka va Madina shaharlaridagi mehmonxonalar 2 va 3 yulduzli bo‘lib, Ikki Haram masjidlari oralig‘idagi masofaning uzoqligi hamda ziyoratchilarning mehmonxona oshxonasida ovqatlanish imkoniyatlari zamon talablariga javob bermagan. 

Endilikda, Jamoatchilik kengashi tomonidan Umra safariga bormoqchi bo‘lgan har-bir fuqaro uchun to‘lanadigan mablag‘ qiymati 5 804 000 so‘m (borish-kelish aviachiptasidan tashqari) miqdorda belgilanib, sezilarli arzon bo‘lishiga erishildi. Mazkur mablag‘ga Saudiya Arabistoni Podshohligi rasmiy vizasi, Makka va Madina shaharlaridagi 5 va 4 yulduzli mehmonxona, o‘zbek oshpazlari tomonidan tayyorlanadigan taomlar, 24 soatlik bepul tibbiy xizmat, O‘zbekiston davlat ramzlari tushirilgan maxsus libos, ibodat qo‘llanmasi, beyjik, zamonaviy transport hamda boshqa ziyorat xizmatlari kiritilgan.

Quyida o‘zbekistonliklarga xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxonalar suratlarini tomosha qilishingiz mumkin.

Al Kiswah Hotel Towers
Foto: Facebook/Al Kiswah Hotel Towers
Al Kiswah Hotel Towers
Foto: Facebook/Al Kiswah Hotel Towers
Pullman Zamzam Madina Hotel
Foto: accorhotels.com
Pullman Zamzam Madina Hotel
Foto: accorhotels.com
Pullman Zamzam Madina Hotel
Foto: accorhotels.com
Pullman Zamzam Madina Hotel
Foto: accorhotels.com
Pullman Zamzam Madina Hotel
Foto: accorhotels.com
Pullman Zamzam Madina Hotel
Foto: accorhotels.com
Pullman Zamzam Madina Hotel
Foto: accorhotels.com

Mavzuga oid