Sport | 12:25 / 28.10.2018
43205
1 daqiqa o‘qiladi
Gruziyalik bokschi o‘z murabbiyiga tashlanib qoldi (video)
O‘rta og‘ir vazn toifasida ishtirok etuvchi gruziyalik bokschi Levan Shoniya bolgariyalik Spas Genovdan mag‘lubiyatga uchragach, o‘z murabbiyiga tashlanib qoldi. Ushbu holat videosi YouTube’da e'lon qilingan.
8 raundlik boks jangi og‘ir vazn toifasida Kubrat Pulev va Xyui Fyuri o‘rtasida kechgan jangning anderkartida o‘tgan. Mag‘lubiyatdan achchiqlangan Shoniya dastlab o‘z raqibiga tashlanmoqchi bo‘lgan, keyin esa murabbiyiga 2 marta musht tushirgan. Murabbiy yiqilib tushmaslik uchun ring chetidagi arqonni ushlab olgan. Vaziyatga hakam aralashishiga to‘g‘ri kelgan.
Ma'lum qilinishicha, ushbu mag‘lubiyat gruziyalikning 12-mag‘lubiyati bo‘lgan.
Mavzuga oid
16:19 / 12.10.2024
Futbolda murabbiy nimaga kerak? Eronga qarshi futbol o‘ynamaganimiz haqida
16:57 / 29.05.2024
«Barselona» yangi bosh murabbiyini e’lon qildi
15:45 / 11.05.2023
38 yoshida Germaniyada futbol murabbiyiga aylangan sobiq tadbirkor
09:22 / 31.07.2022