O‘zbekiston | 15:14 / 29.10.2018
12505
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bankning Andijon va Namangandagi oromgohlari viloyat hokimliklariga berildi 

Vazirlar Mahkamasining Andijon va Namangan viloyatlaridagi davlat mulkidan samarali foydalanish, viloyatlar yoshlarini sog‘lom va barkamol voyaga yetkazish hamda tarbiyalash uchun ularga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida farmoyishi qabul qilindi.

Hujjat bilan Markaziy bank, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklarining: 

Markaziy bankning Andijon viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasiga tegishli Andijon viloyati, Bo‘z tumani, Ulug‘bek massivida joylashgan “Quyoshcha” bolalar oromgohini Andijon viloyati hokimligi;

Markaziy bankning Namangan viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasiga tegishli Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Sohil” bolalar oromgohini Namangan viloyati hokimligiga operativ boshqarish huquqi bilan bepul berish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.

Markaziy bankning Andijon va Namangan viloyatlari bo‘yicha bosh boshqarmalari “Quyoshcha” va “Sohil” bolalar oromgohlarining tegishli hududi bilan birgalikda Andijon va Namangan viloyati hokimliklariga belgilangan tartibda topshiradi, Andijon va Namangan viloyati hokimliklari “Quyoshcha” va “Sohil” bolalar oromgohlarini tegishli hududi bilan birgalikda qabul qilib oladi.

Mavzuga oid