Sport | 22:10 / 08.11.2018
5011
1 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasining ushbu mavsumidayoq VAR joriy qilinishi mumkin

UYeFA rahbariyati Chempionlar Ligasi joriy mavsumida hakamning video-yordamchisi tizimidan (VAR) foydalanish haqida o‘ylanib qoldi.

Bunga hakamlar tomonidan noto‘g‘ri qarorlarning qabul qilinishi sabab bo‘lgan. Ayniqsa, «Manchester Siti» - «Shaxtyor» (6:0) o‘yinida «shaharliklar» hujumchisi Rahim Sterling qoqilib ketib, maydonga yiqilganida, bosh hakam Viktor Kashshai penalti belgilaganidan so‘ng, VAR tizimini tezroq joriy qilish istagi kuchaygan.

Rejaga ko‘ra, tizim Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidan boshlab ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda UYeFA dekabrda o‘tkaziladigan kengashda e'lon qilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid