Italiyalik mashhur oshpaz Rayhon milliy taomlar tarmog‘iga tashrif buyurdi
Italiyalik mashhur oshpaz Antonio Del-Kusto boshchiligidagi nufuzli delegatsiya GalileoFerraris instituti loyihasi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurdi va Rayhon milliy taomlar tarmoqlaridan birida bo‘ldi. Tashrif O‘zbekistonda Italiya turizmi haftaligi doirasida amalga oshirildi.
Oshpaz va uning shogirdlari hamda qolgan mehmonlar Rayhon tarmoqlaridagi o‘zbek milliy taomlar mazasini tatib ko‘rib, ularni yuqori baholashdi. Mehmonlar, o‘z o‘rnida, Italiya milliy taomlariga doir mahorat darsini o‘tkazishdi. Haqiqiy italyancha spagetti Rayhon xodimlariga juda manzur bo‘ldi. Ushbu mahorat darsi tarmoq oshpazlariga taom tayyorlashning yangicha texnologiyasini o‘zlashtirish imkonini berdi.
Antonio Rayhon xodimlariga o‘zining “Filosofia del Custo” nomli mualliflik kitobini avtografi bilan sovg‘a qildi. Rayhon vakillari ham italiyalik mehmonlarga milliy suvenir mahsulotlarini taqdim etishdi.
Italiyalik mehmonlar Rayhon xodimlari bilan xayrlashishar ekan, ularni Italiyaga taklif qilishdi.
Ma'lumot uchun: GalileoFerraris Italiyaning turizm sohasida malakali kadrlarni tayyorlovchi yetakchi maktabi hisoblanadi. Unda taom tayyorlash bilan birga, mehmonxonalardagi xizmatlarni takomillashtirishga oid bilimlar beriladi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
13:47 / 05.09.2021
“Islom Karimovga Rishtonning Cho‘ng‘ara guruchida oq rangli qilib osh pishirib berar edim...” Birinchi prezident Karimovning farg‘onalik oshpazi Sulaymon aka nimalarni xotirlaydi?
11:38 / 08.02.2020
«Ukraina xalqiga o‘zbek taomlarini tortiq qilyapmiz» - andijonlik oshpaz Kiyevda
00:49 / 16.05.2019