Britaniyaning Brexit ishlari bo‘yicha vaziri iste'foga chiqdi
Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqish ishlari bo‘yicha vaziri Dominik Raab o‘z iste'fosi haqida ma'lum qildi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
Shuningdek, Raab Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning nomiga iste'fo haqida so‘ralgan maktubni e'lon qildi.
«Bugun men Brexit ishlari bo‘yicha vazir lavozimidan ketmoqdaman. Men sof vijdon bilan bizning Yevropa ittifoqiga aloqador kelishuvimiz uchun taklif etilgan sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlay olmayman», - deya ta'kidlab o‘tdi siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mamlakatning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi bo‘yicha muzokaralar «oxirgi bosqichda» turgani haqida ma'lum qilgandi.
Meyning ta'kidlashicha, Brexit’ga qaramay, Britaniya va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi qo‘shnichilik darajasida saqlanib qoladi.
Mavzuga oid
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
21:42 / 19.12.2024
Britaniya Ukraina askarlarini tayyorlash uchun Ukrainaga o‘z instruktorlarini yuboradi
21:56 / 11.12.2024
Britaniya birinchi marta dronni lazer yordamida urib tushirdi
11:56 / 05.12.2024