Jahon | 15:40 / 15.11.2018
75537
2 daqiqa o‘qiladi

Qodirov chechenistonlik 5 yoshli bolaga Mercedes sovg‘a qildi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov 5 yoshli Rahim Kuriyevga ikkita qo‘lda gavdani tushirib-ko‘tarish bo‘yicha mashqni to‘rt mingdan ortiq marta bajargani uchun oq Mercedes sovg‘a qildi.

Foto:vk.com/ramzan

Checheniston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport ishlari bo‘yicha vazirligi rahbari Musa Xanarikovning so‘zlariga ko‘ra, bola kuch mashqini 2 soat-u 26 daqiqa ichida tanaffuslarsiz 4105 marta bajardi. Uning ta'kidlashicha, Rossiya rekordlar kitobi vakillarida rekordni rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazishga imkon bermagan «kichik savollar paydo bo‘ldi».

Foto:vk.com/ramzan

«Bu mashinani senga Ahmad Hoji Qodirov nomidagi xayriya jamg‘armasi prezidenti Aymani Qodirova yubordi. Otang seni unda olib yursin, sen oq «Mersedes»da yurishga loyiqsan», - dedi Qodirov Kuriyevga.

O‘z navbatida, bolaning o‘zi Qodirovga kuch mashqini besh mingdan ortiq marta bajara olishi mumkinligini aytdi hamda o‘z imkoniyatlarini mashina kapotida namoyish etib berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qodirovning Instagram sahifasi yana ishlamay qolgani xabar berilgandi. Servis u xato tufayli tiklanganini bildirdi.

Mavzuga oid