Sport | 14:35 / 17.11.2018
23560
2 daqiqa o‘qiladi

Habib Nurmagomedov Toni Fergyuson bilan jangga qiziqmoqda

Foto: Getty Images

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov o‘g‘lining amerikalik Toni Fergyuson bilan ehtimoliy jangi haqida fikr bildirdi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi xabar qilmoqda.  

Katta Nurmagomedovning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li Fergyuson bilan jang qilishga qiziqish bildiryapti. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, boshqa bir shogirdi - Islom Maxachyov Toni bilan bellashib ko‘rishi mumkin.

«Fergyuson bilan jang sport nuqtai nazaridan qiziqarli, sababi bu jangchi haqli ravishda o‘z o‘rniga ega. Tonining darajasini uning 11 jangdan iborat g‘alabali seriyasi aks ettiradi.

Biroq, mening fikrimcha, yana bir narsa muhimdir: rossiyalik Islom Maxachyov hattoki bugun amerikalikka qarshi chiqishga tayyor. Ishonchim komilki, Islom uni taslim etadi, chunki hozir juda yaxshi jismoniy holatda», - dedi Abdulmannop Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedovning otasi Habib Makgregor bilan yana jang o‘tkazishi mumkin ekani haqida aytgandi.

Mavzuga oid