Jahon | 16:30 / 23.11.2018
5509
2 daqiqa o‘qiladi

Klinton Yevropani migratsiya siyosatini o‘zgartirishga chaqirdi

Foto: AFP/Getty Images

Yevropa o‘z migratsiya siyosatini o‘zgartirishi kerak, yevropalik yetakchilar esa qochqinlarga boshpana berish va qo‘llab-quvvatlov taqdim etishni boshqa davom ettira olmasliklari bo‘yicha jiddiy signal bilan chiqishlari lozim. Bu haqda AQSh sobiq davlat kotibi va prezidentlikka sobiq nomzod Xillari Klinton Britaniyaning The Guardian gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Klinton bu masala bo‘yicha Germaniya kansleri Angela Merkel va Yevropadagi boshqa yetakchilarni saxiylik uchun maqtadi, biroq uning fikricha, aynan migratsiya mavzusi saylovchilarda «olov yoqdi» va 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida Donald Trampning g‘alaba qozonishi hamda Brexit jarayoniga yordam berib yubordi.

Klintonning ta'kidlashicha, G‘arbdagi o‘ng populistlarning g‘oyalari ham migratsiya tufayli ommalashdi, ular kim qilishi, qayerga borishi, qanday yashashi borasidagi siyosiy va ruhiy xohishga duch keldilar, shu tariqa reallikning bitta versiyasini taqdim etishdi.

Siyosatchining aytishicha, butun Amerika tizimi dastlab avtoritar rejim tahdidini bartaraf etish uchun yaratilgan hamda odamlar hozirgi demokratik modeldan shunchaki charchagan bo‘lishlari mumkin.

«Ular bunday katta mas'uliyat va erkinlikni xohlamaydilar. Ular nima qilish, qayerga borish, qanday yashash kerakligini o‘zlariga aytishlarini va faqat bitta reallik versiyasini berishlarini istaydilar», - dedi Klinton.

Aynan shuning uchun o‘nglar g‘oyalari juda mashhur bo‘lib ketdi, deb hisoblaydi Klinton.

Mavzuga oid