Fan-texnika | 01:03 / 06.12.2018
15417
2 daqiqa o‘qiladi

447 km/soatdan tezroq: Koenigsegg tezlik rekordini yangilamoqchi

Foto: motor.ru

Shvetsiyaning giperkarlar ishlab chiqaruvchi Koenigsegg kompaniyasi AQShning Nevada shtatida joylashgan yo‘lda 2017 yil kuzida Agera RS modelida o‘rnatilgan tezlik rekordini yangilamoqchi. Kompaniya buni takomillashtirilgan Regera supergibridi yordamida amalga oshirmoqchi.

The Supercar Blog saytida ma'lum qilinishicha, Koenigsegg “Regera”ning tezlashish vaqtini bir soniyaga yaxshilovchi va tezlik cheklovini 400 km/soatdan oshiruvchi yangi dasturiy ta'minot ustida ishlamoqda. Gibrid 0 dan 400 km/soatgacha 20 soniyada tezlashadi. Agera RS’da esa bu ko‘rsatkich 26,88 soniyani tashkil qiladi.  

Mashinani 8 silindrli tvin-turbo, 3 ta elektromotor va Koenigsegg Direct Drive (KDD) transmissiyasidan iborat kuch qurilmasi harakatga keltiradi. Kuch qurilmasining umumiy quvvati 1500 ot kuchini tashkil qiladi. Regera joyidan 100 km/soatga 2,8 soniyada erishadi.

2017 yil noyabrida 1360 ot kuchiga ega Koenigsegg Agera RS  birvarakayiga bir nechta rekord o‘rnatgan. Ikki eshikli mashina soatiga 447 km tezlikka erishib, eng tezkor seriyali avtomobilga aylangan hamda joyidan 400 km/soatgacha tezlashish bo‘yicha o‘z rekordini yangilagan. Giperkar buni 33,29 soniyada amalga oshirgan (Bugatti Chiron’dan 8,5 soniya tezroq).

Mavzuga oid