Light | 03:31 / 13.12.2018
26647
3 daqiqa o‘qiladi

Balida yetishtirilgan marvarid

Bugungi kunda Balida yetishtirilgan marvarid mashhurlikka erishdi. Ayrimlar uni sun'iy marvarid deb hisoblashadi, biroq barcha xususiyatlari bilan u tabiiysidan yomonroq emas. Bu maqolada marvarid yetishtiriladigan Bali suv fermalari haqida batafsil ma'lumot olasiz.

Balida dengiz marvaridi eng katta dengiz marvarid doni Pinctada maxima to‘qimasida yetishtiriladi. U katta o‘lchamdagi marvaridni turli ranglarda yetishtira oladi hamda faqat tropik suvlarda bo‘ladi.

Biroq “yovvoyi” ustritsalarni faqat ko‘payish uchun qo‘llaydilar, marvaridni fermada yetishtirilgan ustritsalar ishlab chiqaradi. Bu yerda maxsus tozalangan suv va oziqdan foydalaniladi. Bularning bari ustritsalarga juda katta va “marvaridli” bo‘lib o‘sishda yordam beradi.

Endigina tug‘ilgan kichkina ustritsalar (yoshi 30 kunlik, o‘lchami 2 mm) kollektorlarning maxsus to‘rlariga joylashtirilib, dengizga tushiriladi. Ustritsalar o‘sgani sayin to‘r katagining o‘lchami kattalashadi.

Har ikki haftada ustritsalar “spa taomillari” uchun dengizdan olinadi – ular tuzli suvlar bilan yuviladi. Ustritsa to‘yintiruvchi moddalarni maksimal darajada olishi uchun shunday qilinadi. Bunday sharoitlarda ustritsalar 2 yil o‘sadi, ana shundan keyin ular marvaridni yetishtirish uchun tayyor.

Yangi marvarid implantatsiya usulida yetishtiriladi. Eng sog‘lom va katta ustritsalar tanlab olinadi. Ular bir sutkaga toza dengiz suvi bilan to‘ldirilgan hovuzga solinadi.

Marvaridning qiymati va narxi uning sifati bilan aniqlanadi. Sifati esa uning hajmi, shakli, rangi, yaltiroqligi va yuzasiga bog‘liq. Tillarang marvarid ko‘proq qadrlanadi, keyingi o‘rinlarni esa oq, kumushrang, keyin esa sariq va qaymoqrangdagisi egallaydi. Zargarlik buyumlari bo‘yicha jahon brendlari marvarid fermalarining mijozlari sanaladi.

Chig‘anoq implantatsiya qilingan no‘xatchani o‘zidan «itarish» holatlari ham bo‘ladi, bunday marvarid «keshi» deb ataladi.

Mavzuga oid