Jahon | 23:46 / 14.01.2019
13955
2 daqiqa o‘qiladi

Kongoda ikki elat vakillari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 400 kishi o‘ldirilgan 

Foto: Kenny-Katombe Butunka / Reuters

Kongo Demokratik Respublikasida ikki kun ichida ikki elat vakillari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda kamida 400 kishi o‘ldirilgan. Bu haqda 14 yanvarda mahalliy faollar va ruhoniy ma'lum qilgan.

Etnik negizdagi ayovsiz to‘qnashuvlar 16-17 dekabr kunlari Yyumbi shahri yaqinida boshlangan. To‘qnashuvlarda batende va banunu elatlari vakillari ishtirok etgan. Ma'lum qilinishicha, qurbonlar soni dastlab taxmin qilingandan 3 marta ko‘proqdir.

Ushbu to‘qnashuvlar oxirgi yillarda ushbu hududda eng qirg‘inbaroti bo‘lgan. Voqea sababli hukumat prezident saylovlarida ovoz berishni bekor qilishga majbur bo‘lgan.

19 dekabrda to‘qnashuvlarda 120 dan ko‘proq odam halok bo‘lgani, ko‘pchilik zo‘ravonlikdan qochish maqsadida qo‘shni Kongo Respublikasiga daryo orqali o‘tib olgani ma'lum qilingan. Ixtilof banununing marhum yetakchisini dafn qilish uchun joy borasidagi tortishuv sababli yuzaga kelgan.

Faollarning ta'kidlashicha, ikkala elat o‘rtasida siyosiy ziddiyatlar mavjud bo‘lib, batendening bir qator yetakchilari hukmdor koalitsiyani, banunu rahbariyati esa muxolifatni qo‘llab-quvvatlagan.

Mavzuga oid