Jahon | 07:59 / 16.01.2019
8540
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya parlamenti Brexit bo‘yicha kelishuvga qarshi chiqdi

Foto: AP

Britaniya parlamenti quyi palatasi London va Yevropa Ittifoqi tomonidan Brexit bo‘yicha tayyorlangan kelishuvga qarshi ovoz berdi.

Kelishuv uchun 202 deputat ovoz bergan, 432 deputat esa qarshi bo‘lgan. 

Kelishuvdan tashqari ovoz berishga Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqining kelgusidagi munosabatlari haqidagi hujjat qo‘yilgandi.

Britaniya OAVning ta'kidlashicha, bunday vaziyat Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan kelishuv tuzmasdan chiqishini yoki qayta referendum o‘tkazishi, yoxud Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralarga qaytishini anglatadi. Shuningdek, navbatdan tashqari umumiy saylovlar bo‘lib o‘tishi mumkin. 

Endi Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyda parlamentga Brexit bo‘yicha “B rejani” taqdim qilish uchun 3 kun bor.

Foto: Mark Duffy/AP

Mey o‘z bitimini parlament orqali bir necha kundan keyin yana o‘tkazishga urinishi mumkin. Bu vaqt ichida Mey Yevropa Ittifoqidan yon bosishlar olishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy bozorlarning muvaffaqiyatsiz ovoz berishga keskin munosabati deputatlarni bitim foydasiga ovoz berishga majbur qilishi mumkin.

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi 29 martga belgilangan.  

Mavzuga oid