IIV Samarqanddagi moliyaviy piramida haqida ma'lumot berdi
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi kiberjinoyatchilik haqida ma'lumot berib, mamlakatda qayd etilgan shunday holatlar haqida ba'zi tafsilotlarni ochiqladi.
Xususan, Samarqand viloyatida bir guruh shaxslar tomonidan «OLTINYUL.UZ» va «E-SUM.UZ» veb-saytlari orqali fuqarolarni mulkiy manfaatga qiziqtirib, «Moliyaviy piramida» loyihasi tuzilgan.
Shu asosda 8 200 nafardan ziyod fuqarodan jami 450 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari yig‘ilib, ushbu guruh tomonidan o‘zlashtirilgan.
Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan N.R. va uning sheriklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188(1)-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bundan tashqari, 2018 yil 23 iyul kuni Toshkent shahrida 5 ta avtotransport vositasi davlat raqamlari o‘g‘irlanib, jabrlanuvchilardan davlat raqamlarini qaytarish evaziga Internet tarmog‘idagi “QIWI” va “WEB money” elektron tizimlari orqali pul talab qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi 19 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
Shuningdek, 2018 yilning 4 oktabr kuni Internet tarmog‘idagi “Telegram” messenjeridagi 374 mingdan ortiq a'zolari bo‘lgan kanaldan telefon va kompyuter vositalariga zarar keltiruvchi dasturlar tarqatilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi M.V. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024