Fan-texnika | 22:56 / 21.01.2019
8142
2 daqiqa o‘qiladi

Ilk bor yo‘lovchi layneri bioyonilg‘ida parvozni amalga oshirdi

Foto: Marvin Mutz / Flickr

Tarixda ilk bor BAAning Etihad Airways aviakompaniyasining Boeing 787 Dreamliner yo‘lovchi samolyoti solerosdan tayyorlangan bioyonilg‘ida ko‘p soatlik parvozni amalga oshirdi. Bu haqda N+1 nashri ma'lum qildi

Ma'lum qilinishicha, layner yonilg‘i baklari odatdagi aviatsiya yonilg‘isi va solerosdan tayyorlangan bioyonilg‘ining birga bir nisbatdagi aralashmasi bilan to‘ldirilgan. Samolyot bu aralashmada Abu-Dabidan Amsterdamga parvoz qilgan va havoda 7 soatdan ko‘proq vaqt bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, laynerning parvozi to‘liq muvaffaqiyatli deb tan olingan. Laynerning dvigatellari yoki yonilg‘i tizimini kerosin va bioyonilg‘i aralashma bilan to‘ldirish uchun o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmagan.

Bioyonilg‘i Masdardagi (Abu-Dabi) ISEAS korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu loyiha Boeing, Etihad Airways, Honeywell UOP, General Electric, Safran va Takreer kompaniyalari tomonidan birgalikda moliyalashtiriladi. 

Soleros dengiz sohilida kuchli sho‘rlangan, boshqa o‘simliklar o‘sa olmaydigan yerlarda o‘sa oladigan o‘simlik hisoblanadi.

Mavzuga oid