Jamiyat | 18:50 / 22.01.2019
21299
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda 47 mln so‘m pulni o‘zlashtirgan mansabdorga jinoyat ishi ochildi

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Izboskan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tekshirish o‘tkazildi, deb xabar bermoqda mahkama matbuot xizmati.

Unda fuqaro N.M. tumandagi uchta suv iste'molchilari uyushmalarida ma'lum muddat hisobchi vazifasida ishlab kelgan holda mansab vakolatini suiiste'mol qilib, aslida korxonada ishlamagan jami 6 nafar shaxsning mehnati to‘g‘risida soxta tabellar tuzib, shu asosda ularga ish haqi to‘lab borib, o‘ziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan 47,3 mln. so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid