O‘zbekiston | 12:03 / 12.02.2019
9167
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways va Boeing Dreamliner'lar shassisini almashtirish dasturi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Amerikaning Boeing korporatsiyasi va O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi (Uzbekistan Airways) Boeing-787 Dreamliner samolyotlari shassisini almashtirishga kelishib oldi. Bu haqda Boeing rasmiy saytida xabar berilgan.

O‘zbekiston aviakompaniyasining umid qilishicha, Boeing zarur bo‘lganda shassini tez va ishonchli almashtirishni ta'minlab beradi, deya ta'kidlanadi xabarda. Shartnoma texnik xizmat ko‘rsatish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi, aviakompaniyaga samolyotlarni foydalanishga tezkor qaytarish va o‘z resurslarini asosiy operatsiyalarga qaratishga yordam beradi.

Uzbekistan Airways samolyotlari 40 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha parvoz qiladi va 20 yildan oshiq vaqt mobaynida Boeing mijozi hisoblanadi. Birgalikda kompaniyalar Toshkentdagi umumiy ta'mirlash ustaxonasini boshqaradi.

2016 yilda O‘zbekistonda Boeing 787 Dreamliner avialayneri foydalanishga qabul qilib olindi. O‘tgan may oyida MAK uchinchi Dreamliner’ni sotib oldi.

Mavzuga oid