Jamiyat | 11:17 / 14.02.2019
34488
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda ekskavator «Nekciya» bilan to‘qnashdi: halok bo‘lganlar bor

2019 yil 11 fevral kuni soat taxminan 06:00da, fuqaro M.M. o‘z boshqaruvidagi «Nekciya» rusumli avtomashinani «Jomboy-Eshimoqsoq» 4P-48 yo‘lining 11 kilometrida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan, fuqaro A.D. boshqaruvidagi «Volvo» rusumli ekskavatorga urilib, to‘qnashuv sodir etgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada «Neksiya» rusumli avtomashina haydovchisi M.M. va yo‘lovchisi M.H. jarohat olib, hodisa joyida vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid