Forbes reytingi: "Runet"ning eng qimmat 20 kompaniyasi
Rossiya internet kompaniyalarining ekotizimlarga aylantirilishi va soha konsolidatsiyasi Forbes reytingida qator o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Ba'zi kompaniyalarning reytingdagi pozitsiyasi o‘tgan yilga nisbatan pasaygan, ba'zilari esa umuman chiqib ketgan. Bu tadqiqot metodologiyasining o‘zgarishi bilan bog‘liq: Forbes bu yil Rossiya bozoridagi venchur fondlar va konsalting kompaniyalar ekspertizasiga asoslandi.
1. «Yandeks»
2018 yilda «Yandeks» ekotizimiga «Yandeks.Oblako», «Yandeks.Dialogi», «Yandeks.Plyus» va «Yandeks.Drayv» servislari qo‘shildi. 2018 yilning fevralida «Yandeks.Taksi» va Rossiya hamda besh qo‘shni mamlakatdagi Uber'ning birlashishiga doir bitim yopildi. «Yandeks»ning 3,8 milliard dollarlik yangi kompaniyadagi ulushi 59,3 foizni tashkil qildi. Shuningdek, «Yandeks» kompaniyasi «Yedadil» chegirmalar agregatori va «Partiya yedy» oziq-ovqat yetkazib berish servisining 83,3 foizini xarid qildi.
2. Mail.ru Group
Mail.ru Group «Yandeks» bilan onlayn-biznes diversifikatsiyasida raqobatlashishda davom etmoqda. 2018 yil boshida u 100 million dollarga ESforce kibersport xoldingini xarid qildi, aprel oyida esa dori vositalari buyurtma qilinuvchi «Vse apteki» onlayn-servisini ishga tushirdi. 2018 yil kuzida guruh «Sitimobil» onlayn-taksi servisi aksiyalarining 18 foizini qo‘lga kiritdi va Xitoyning Alibaba internet giganti bilan AliExpress Russia onlayn-reteylerini yaratishga kelishdi.
3. Avito
Rossiyadagi eng yirik bepul e'lonlar saytiga shvetsiyalik Yonas Kordlander va Filip Engelbert tomonidan asos solingan. Servis asosan e'lonlar targ‘iboti bo‘yicha xizmatlarga tayanib pul ishlagan. 2018 yilda uning foydalanuvchilari soni oyiga 32 milliondan 35 million kishigacha oshdi. 2019 yilning yanvarida Naspers fondi kompaniya aksiyalarining 29,1 foizini 1,16 milliard dollarga sotib oldi va o‘z ulushini 99,6 foizga yetkazdi. Shu tariqa servis 3,85 milliard dollarga baholandi.
4. Wildberries
2000-yillar boshida asos solingan Wildberries kompaniyasi kataloglar bo‘yicha kiyim-kechak sotishdan boshlagan. Bugunga kelib u yillik daromadi yildan yilga o‘sib borayotgan eng yirik internet-riteyler hisoblanadi. Bakalchuk juftligi bir kuni Forbes jurnaliga superloyiha tashkil qilishlarini xayollariga ham keltirmaganliklarini aytishdi. Shunday bo‘lsa-da, 2018 yil yakunlari bo‘yicha ularning kompaniyasi daromadi 100 milliard rubldan, kapitalizatsiya bahosi esa - 1 milliard dollardan oshdi.
5. Ozon Group
2018 yilning martida "MTS" Ozon onlayn-reteyleriga 1,15 milliard rubl investitsiya kiritdi va o‘zining undagi ulushini 11,2 foizdan 13,7 foizga oshirdi. Keyinroq telekom-gigant o‘z ulushini 16,66 foizga olib chiqdi, bitim summasi oshkor etilmadi. Ozon jalb qilingan mablag‘larni infratuzilma rivoji va yangi loyihalarga yo‘naltirmoqda. 2018 yilda u farmatsevtik faoliyat uchun litsenziya oldi va dori vositalarini belgilangan manzilga yetkazib bera boshladi.
6. HeadHunter
HeadHunter Rossiya va MDH mamlakatlarida ish izlashga doir saytlar orasida yetakchi pozitsiyalarni egallaydi. 2017 yilda servis 2018 yilda NASDAQ birjasida IPO'ga chiqish rejasi haqida e'lon qildi. U investorlardan 250 million dollar jalb qilishni mo‘ljallagan, bu esa kompaniyaning 500 million dollarga baholanishiga sabab bo‘ladi. Oxir-oqibat, bitim AQShning 2018 yil aprelida qabul qilingan qat'iy sanksiyalari sabab imzolanmadi.
7. «Sitilink»
«Sitilink» — Forbes ro‘yxatidagi elektron savdoga ixtisoslashgan yagona onlayn-reteyler. Kompaniya o‘zining oflayn faoliyatini faol oshirib bormoqda: bir yilda uning do‘konlari soni 44 tadan 80 taga oshdi. Reteylerning buyurtma beruvchi va qabul qiluvchi 470 ta «Sitilink-mini» punkti bor. 2019 yil oxiriga borib kompaniya o‘z do‘konlari sonini - 200 taga, yetkazib berish punktlarini esa 600 taga yetkazishni rejalashtirmoqda.
8. «2GIS»
1999 yilda novosibirsklik ishbilarmon Aleksandr Sisoyev shahar xaritasini ma'lumotnoma (spravochnik) bilan birlashtirish tashabbusini bildirdi. Bugunga kelib to‘qqiz mamlakatning 370 shahridagi 45 million kishi mazkur servisdan foydalanadi. 2018 yilda Amerikaning Apple kompaniyasi «2GIS» ma'lumotlarini «Karty» standart ilovasiga kiritdi. «2GIS» servisida xaritalardan tashqari shuningdek turli mamlakatlar bo‘yicha 60 ga yaqin bepul qo‘llanmalar taqdim etilgan.
9. Lamoda
So‘nggi yillarda Lamoda kiyim-kechak va poyabzal onlayn-reteyleri b2b yo‘nalishini faol rivojlantirmoqda. Hamkor do‘konlar kompaniya logistikasi va infratuzilmasidan foydalanish imkonini berdi. Hozirda Lamoda shu model bo‘yicha 20 yirik brend bilan hamkorlik qilmoqda. 2019 yilda Lamoda deyarli 1000 kv. m maydonda o‘zining birinchi oflayn-do‘konini ochishni rejalashtirmoqda.
10. ivi
2018 yilda Rossiyaning eng yirik ivi onlayn-kinoteatri bir yarim baravardan ko‘proqqa o‘sdi. Uning tuzilmasidagi pullik model reklamani ortda qoldirib, asosiyga aylandi. Servis asoschisi Oleg Tumanovning so‘zlariga ko‘ra, ivi o‘sish sur'atlarini saqlab qolsa, 2020 yilga borib NASDAQ birjasida IPO'ga chiqishi mumkin. Yaqinda servisdan AQSh, Kanada va Buyuk Britaniyada Roku televizori uchun pristavkalarda foydalanish imkoni paydo bo‘ldi.
11. Aviasales
Aviachiptalarni izlash va bron qilishga mo‘ljallangan Aviasales servisi Pxuketdagi shtab kvartirasi bilan Go Travel Un Limited tuzilmasiga tegishli. 2018 yilda uning auditoriyasi oyiga 10 million noyob foydalanuvchidan 12 millionga yetdi. 2018 yil boshida kompaniya Qozog‘iston bozoriga chiqdi va u yerda aviasales.kz sayti ishga tushdi, iyulda esa Avito bilan hamkorlikda chiptalar va turlar izlashga mo‘ljallangan avitotravel.ru portali ishga tushirildi.
12. Profi.Ru
Servis g‘oyasi "MFTI" aspiranti bo‘lish barobarida repetitorlik bilan shug‘ullangan va 2006 yilda «Vash repetitor» saytini yaratgan Sergey Kuznetsovga tegishli. Keyinroq Yegor Rudi unga qo‘shildi, ular bir necha loyihani bitta — Profi.ru'da birlashtirishdi. Servis komissiyada har bir ko‘rsatilgan xizmatdan pul ishlaydi. 2018 yilda Profi.ru orqali 2,8 million buyurtma amalga oshirilgan.
13. OnlaynTreyd.Ru
«OnlaynTreyd.ru» internet do‘koni 30 toifa tovarlarni sotadi, elektronika, maishiy texnika, farmatsevtik va kosmetik vositalar, mebel, kiyim-kechak va hatto oziq-ovqatlar shular jumlasidandir. Uning tarmog‘i 390 tovar yetkazib berish punktidan iborat bo‘lib, Rossiyaning 102 shahrida faoliyat yuritadi. Reteyler kuniga 16 mingdan ortiq buyurtma ustida ishlaydi. 2018 yilda u Ximkada 23 ming kv. m maydonda transport-logistik kompleksini ishga tushirdi.
14. Skeng
Ingliz tili ta'limiga asoslangan Skeng onlayn maktabi shiddat bilan rivojlanmoqda: 2018 yilda saytda ro‘yxatdan o‘tgan o‘qituvchilar soni - 2200 nafardan 5440 nafarga, o‘quvchilar soni esa 19 500 dan 52 500 tagacha oshdi. Kompaniya daromadi 2017 yilga nisbatan ikki baravarga o‘sdi. 2018 yilning yanvarida Skeng Baring Vostok investitsion fondidan mablag‘ jalb qildi, bitim yakunlariga ko‘ra, startap taxminan 100 million dollarga baholandi.
15. 1S-Bitriks
Kompaniya Sergey Rijikov («Bitriks») va Boris Nuraliyevning («1S») qo‘shma korxonasi sifatida ish boshladi. U saytlar va onlayn-loyihalarni boshqarish tizimlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Dastlab asosiy daromad veb-studiyalarga litsenziyalarni sotish ortidan keldi, biroq hozir uning katta qismini CRM va Rossiya hamda butun dunyo bo‘ylab biznesni boshqarish servisini ishlab chiqaruvchi «Bitriks24» ta'minlamoqda.
16. TalentTech
Aleksey Mordashovning «Severgrupp» investitsion kompaniya bo‘linmasidan tashkil topgan texnologik kompaniya. 2017 yildan ta'lim va ish bilan ta'minlash sohasidagi bir necha loyihani birlashtiradi: «Netologiya», «Foksford», «Remontnik.ru», FL.ru, Potok, JungleJobs. Guruhning eng yirik loyihasi — «Netologiya-grupp», u 2017 yilda tuzilma tarkibiga kirgan va yillik daromadning 80 foizga yaqinini ta'minlaydi.
17. TsIAN Grupp
Besh yilda cian.ru ko‘chmas mulk ijarasi va sotuvi bo‘yicha juda mashhur servisga aylandi. Ayni damda uning auditoriyasi oyiga 12 million kishidaye oshadi. 2018 yilda TsIAN banklardan ipoteka olishni qo‘llovchi servisni ishga tushirgani haqida e'lon qildi: xaridor anketani onlayn to‘ldiradi, munosib taklifni tanlaydi, bankka hujjatlar skanini yo‘llaydi va rozilik yoki rad javobini oladi.
18. B2B-Center
B2B-Center yirik kompaniyalarga murakkab xizmatlar uchun pudratchilarni tanlash va qimmatbaho sanoat uskunalarini izlashda yordam beradi. 16 yilda maydondan 16,1 trillion rubllik 1,1 milliondan ziyod savdo amalga oshgan. 2019 yilning yanvarida B2B-Center o‘rta biznes uchun B2B-Start maydonini ishga tushirdi. Ro‘yxatdan o‘tgan har qanday kompaniya trenderlarda ishtirok etishi mumkin, elektron imzo talab etilmaydi.
19. Superjob
Superjob portali «Triumvirat Development» saytlar ishlab chiqaruvchisiga egalik qilgan Aleksey Zaxarov tomonidan ishga tushirilgan. 19 yil ichida servis muassislari o‘zgarmadi. Kompaniyaning «Proforiyentatsiya» nomli notijorat yo‘nalishi bor: Superjob ekspertlari oliy ta'lim muassasalarida karerani qanday qurish haqidagi ma'ruzalar bilan chiqishmoqda. Forbes baholariga ko‘ra, Superjob ish izlashga mo‘ljallangan onlayn-servislar bozorining 20 foizdan ziyod ulushini egallaydi.
20. YouDo
YouDo servisi turli ishlarning buyurtmachi va ijrochilarini birlashtiradi: kurerlik xizmatlari va yuk tashish, ta'mirlash, tozalash, kompyuter bo‘yicha yordam va h.k. Saytda 4 milliondan ortiq vazifalar belgilangan bo‘lib, 1 millionga yaqin ijrosi ro‘yxatdan o‘tkazilgan, xizmatlar haqidagi ma'lumot uchun ijrochilar tomonidan to‘lov kiritiladi. 2018 yilda MTS servisning 13,7 foiz aksiyasini 12 million dollarga xarid qildi. Bundan avval esa Sistema VC venchur fondi loyihaga pul kiritgan.
Mavzuga oid
17:38 / 23.12.2024
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish reytingida 81-o‘rinni egalladi
08:15 / 14.12.2024
Toshkent 200-o‘rinda: xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
17:36 / 10.12.2024
XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi
01:51 / 10.12.2024