PFL Superliganing 1-turiyoq markaziy uchrashuvni boshqa sanaga ko‘chirdi
O‘zbekiston Superligasining yangi mavsumidagi 1-turning markaziy uchrashuvi bo‘lgan «Paxtakor» — «Lokomotiv» uchrashuvi boshqa kunga ko‘chirildi. Bu haqda PFL rasmiy saytida xabar qilingan.
«Qur'a vaqtida o‘yin 8 mart, juma kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Biroq PFL birinchi turdanoq o‘yinni ko‘chirishga qaror qildi.
Mazkur ikki klub xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotganidan xabaringiz bor. Osiyo Chempionlar ligasini muvaffaqiyatli boshlagan jamoalarimiz ilk turda 1 durang va 1 g‘alaba qayd etishdi. «Lokomotiv» o‘z maydonida «Al Vahda»ni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, «Paxtakor» safarda «Persepolis» bilan durang qayd etdi.
Qayd etish joizki, kelasi haftada ham mazkur jamoalar xalqaro maydonda rasmiy uchrashuvlarini o‘tkazadi. «Lokomotiv» 11 mart kuni Qatarda «Al Rayyan» mehmoni bo‘lsa, «Paxtakor» uyda 12 mart kuni Saudiyaning «Al Ahli» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Har ikki jamoamizning OChL doirasida 1 hafta davomida 1 ta safar va 1 ta uy o‘yini o‘tkazishi, mazkur o‘yinlar oralig‘ida futbolchilarning jismonan toliqmasdan, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishini ta'minlash maqsadida «Paxtakor» jamoasining murojaatiga asosan Coca Cola Superliga 1-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan «Paxtakor» — «Lokomotiv» uchrashuvi 16 mart – zaxira kuniga ko‘chirildi», deyiladi PFL xabarida.
Mavzuga oid
11:55 / 11.12.2024
Berdiyev - Superliganing eng yaxshi murabbiyi, Mozgovoy - eng yaxshi futbolchi
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
17:43 / 30.11.2024