Samarqand viloyatiga yangi bosh arxitektor tayinlandi
Samarqand viloyati hokimligida yangi tayinlov amalga oshirildi.
Samarqand shahri hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Samarqand shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Bobir Elmuradov 2019 yil 11 martidan Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shuningdek, u endi Samarqand viloyatining bosh arxitektori hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Samarqand viloyati arxitektura va qurilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat bosh arxitektori, senator Norqul Saidovich Sodiqov ishdan olingandi.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024