Jahon | 14:55 / 27.03.2019
10594
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya Jo‘lan tepaliklari bo‘yicha zudlik bilan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi o‘tkazilishini talab qildi

Foto: TASS/AP

Suriyaning BMTdagi vakolatxonasi AQSh Jo‘lan tepaliklari ustidan Isroil suverenitetini tan olishi sababli zudlik bilan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning Jo‘lan tepaliklari ustidan suverenitetini rasman tan oldi.

Prezident deklaratsiyasini imzolash marosimida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ishtirok etdi. 

AQShning mazkur qadami aksariyat mamlakatlarda, jumladan YeI va Kanadada noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Mavzuga oid