Jahon | 11:40 / 31.03.2019
47839
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp so‘zlari arablarni sergaklantirdi. Ular shoshilinch yig‘ilish o‘tkazmoqda

Foto: REUTERS

Amerika prezidenti Donald Tramp AQSh uchun Isroilning Jo‘lan tepaliklari ustidan suverenitetini tan olish vaqti kelganligini bildirgandi. Mintaqaviy ixtiloflar ichida qolgan arab davlatlari Trampning so‘zlaridan so‘ng jipslashish harakatiga tushdi. Ular 1967 yili Isroil tomonidan egallab olingan Jo‘lan tepaligi bo‘yicha AQSh qaroriga qarshi turmoqda.

Jazoir va Sudandagi namoyishlar, Saudiya boshliq koalitsiya va Yaman ziddiyati, Fors ko‘rfazidagi geosiyosiy kurash hamda Qatarning yakkalanib qolgani yetmaganday, arab davlatlari AQSh prezidentiga ham munosib javob qaytarishi lozim.

Dastlab, Al-Quds shahrini Isroil poytaxti deb tan olgan Donald Tramp oradan to‘rt oy o‘tmay Jo‘lan tepaligi ustidan nazoratning ham qonuniyligini tan olish vaqti kelganidan so‘z ochdi.

Livan Tashqi ishlar vaziri Jibron Basilning aytishicha, arab davlatlari TIV rahbarlari AQShning harakati BMT ustaviga nomuvofiq deb topgan. Shunga qaramay, Arab davlatlari ligasining 22 a'zosi mintaqa hayotiga oid boshqa masalalarda kelisha olmasligi vaziyatni chigallashtiradi.

ADL yakshanba kuni shoshilinch yig‘ilish chaqirgan bo‘lib, unda Isroil tomonidan tortib olingan Jo‘lan tepaligi ustidan nazoratning o‘rnatilishi muhokama etiladi.

2017 yildan buyon birinchi marta Qatar va Saudiya vakillari bir stol qarshisida umumiy masalani muhokama qilishi kutilmoqda. Ammo Jazoir va Sudan rahbarlari ichki siyosiy inqirozlar tufayli yig‘ilishda ishtirok etishmaydi.

Mavzuga oid