Ekzit-pollar Poroshenkoning mag‘lubiyatini ko‘rsatmoqda
Internetda Ukrainadagi prezidentlik saylovi bo‘yicha navbatdagi ekzit-pol tarqaldi. lb.ua sayti bosh redaktori Sonya Koshkina o‘zining telegramdagi kanalida MSK ma'lumotlariga tayanib xabar tarqatgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 15:00 (Toshkent vaqti bilan soat 17:00) saylovda davomat 48 foizdan oshgan. Hozirga kelib 199ta okrugdan 171tasidagi ma'lumotlar o‘rganib chiqilgan.
Markaziy saylov komissiyasi saylov natijasiga ta'sir ko‘rsatadigan qoidabuzarliklarni qayd etmagan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat g‘arbida shoumen Vladimir Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlab, saylovchilarning 56 foizi ovoz bergan, 44 foiz kishi Petro Poroshenkoni tanlagan.
Mamlakat markazida esa Zelenskiy Poroshenkoni 72 foizga 28 foiz nisbatida ortda qoldirmoqda.
Shuningdek, Ukraina janubidagi saylovchilarning 73 foizi o‘z ovozini Zelenskiyga bergan, Poroshenko 27 foiz bilan kifoyalanmoqda, sharqda esa Zelenskiy yaqqol ustunlik qilmoqda - 89 foizga 11 foiz.
Parlamentdagi «Petro Poroshenko bloki» fraksiyasi rahbari Artur Gerasimov prezident Poroshenko shtabi saylovlarning istalgan ko‘rinishdagi natijalarini qabul qilishga tayyorligini bildirgan.
«Ukraina - demokratik mamlakat va bizning jamoamiz har qanday natijalarni tan oladi... Biz saylovda demokratiyani ta'minlaymiz va ukrainlarning tanlovini qabul qilamiz», degan Gerasimov Poroshenko shtabida o‘tkazilgan brifingda.
Zelenskiyning shtabi boshlig‘i Dmitriy Razumov esa o‘z tarafdorini «yangi prezident» deb atadi.
Mavzuga oid
08:43
Ukraina MV demobilizatsiya to‘g‘risidagi qonunni tayyorlashni kechiktirishni so‘radi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22 / 24.12.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024