O‘zbekiston | 12:27 / 05.07.2019
7630
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda shifokorlar elektron retsept rasmiylashtirishni boshlaydi

Foto: zib.com.ua

Bu “elektron sog‘liqni saqlash” tizimini yaratish doirasidagi navbatdagi qadam, deb yozadi Norma.
   
Eslatib o‘tamiz, “elektron sog‘liqni saqlash”ni joriy etish – mamlakat tibbiyotini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri.  Uning doirasida onlayn-navbat, elektron hujjatlar aylanishi va boshqa integratsiyalashgan  axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarini joriy etish yo‘li bilan sohani bosqichma-bosqich raqamlashtirish ko‘zlanmoqda.
 
Dorilar, shu jumladan, elektron retseptlar asosida chakana sotiladi. Bu shifokorning dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo‘llanilish usuli to‘g‘risidagi ko‘rsatmasini o‘z ichiga olgan, ERI bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning boshqa rekvizitlarga ega bo‘lgan elektron hujjatdir.
 
Dori vositalarini elektron retseptlar asosida chakana realizatsiya qilish uchun Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi ishga tushiriladi (uni 1 iyuldan joriy etishlari kerak edi). Dori vositalarini berishda farmatsevt tegishli kataklarga berilgan preparatning nomi, seriya raqami, ismi, otasining ismi, familiyasini kiritib, uni elektron imzo bilan tasdiqlashi kerak.
 
Shu munosabat bilan dorixona va ularning filiallarida internetga doimiy kirish imkonini beruvchi kompyuter yoki boshqa turdagi telekommunikatsiya tarmoqlari bilan o‘zaro bog‘lanadigan texnik vositalari bo‘lishi kerak. Bu litsenziya olish uchun yangi talab.
 
Hujjat 3.10.2019 yildan kuchga kiradi.

Bundan oldin, retsept asosida beriladigan dorilarni elektron tijorat orqali sotish taqiqlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid