Samarqandda 9 yoshli bola it tishlaganidan so‘ng vafot etdi. Holat Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratiga olingan
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida 9 yoshli bolaning quturish belgilari bilan bog‘liq turli xabarlar tarqaldi. Ushbu xabar yuzasidan Respublika davlat sanitariya epidemiologiya markazi epidemiologik surishtiruv ishlarini olib bordi.
Ma'lum bo‘lishicha, shu yilning 4 iyun kuni Samarqand tuman, “Ravanak” mahallasida istiqomat qiluvchi 2010 yilda tug‘ilgan K.M.ni hududda noma'lum oq rangli kichkina it uyi oldida o‘ng qo‘l bilak sohasini yuzaki tirnab, tan jarohati yetkazgan. Holatdan xabar topgan bemorning onasi unga zudlik bilan mahalliy usulda xo‘jalik kir sovuni bilan jarohat joyini yuvib, tibbiyot etil spirti yordamida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Ammo uning ota-onalari jarohatga loqaydlik bilan qarab, profilaktika maqsadida tez tibbiy yordamga yoki hududga yaqin bo‘lgan davolash muassasasiga murojaat etmagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, natijada oradan qariyb 23 kun o‘tib bolada tana haroratining ko‘tarilishi, bir necha marotaba qayt qilish, suv ichganda yutina olmaslik, tez-tez sovuq qotish hamda kuchli diareya belgilari kuzatila boshlangan. Ertasi kuni ushbu alomatlar yanada zo‘rayib, bemor ahvoli og‘irlashib qolgan. 29 iyun kuni Samarqand tuman markaziy poliklinikasi infeksionisti tomonidan tekshirilganda, unda quturish belgilari aniqlanadi va u shu zahotiyoq tez tibbiy yordam mashinasida viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga yuboriladi.
U yerda bolaga shifoxona maslahat guruhi (bosh shifokor, bosh shifokor o‘rinbosari, qabul bo‘limi mudiri, radiolog, epidemiolog) tomonidan noma'lum itdan jarohat olganligi sabab quturish kasalligi belgilari bilan “A 82.0 ga gumon” tashxisi qo‘yilgan.
Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasining bir guruh malakali mutaxassislari tomonidan bemor uchun barcha zarur davo choralari qo‘llanilgan. Ammo shifokorlarimizning shuncha urinishlariga qaramay, jarohatga loqaydlik bilan munosabatda bo‘linganligi va og‘ir darajaga kelib qolganligi sabab bemor hayoti saqlab qolinmadi.
Ayni paytda M.K.ning patologoanotomik organlaridan namuna olinib, ixtisoslashgan laboratoriyada tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.
Hozirda viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan hududda epidemiologik va epizootologik tadbirlarni tashkil etish maqsadida viloyat vetenariya boshqarmasi bilan ishchi guruhi tuzilib, “Ravanak” mahallasi aholisi nazoratga olindi va zarur tadbirlar belgilandi. Natijada, hudud aholisi va hayvonlar o‘rtasida kasallik belgilari aniqlanmadi.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024