To‘raqo‘rg‘on IESda birinchi gaz turbinasi ishga tushdi
Kecha, 5 avgust kuni Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on IESda birinchi gaz turbinasi ishga tushirildi. Ayni vaqtda IES sinov rejimida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, noyabr oyidan to‘liq ishga tushiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, birinchi qurilmani 2019 yilning sentabr oyida, ikkinchisini noyabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgandi. Yangi avlodga mansub energobloklar an'anaviy issiqlik elektr stansiyalari sarflaydigan yonilg‘iga birligiga nisbatan ikki barobar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bug‘-gaz qurilmalarida KPD taxminan 59 foizni tashkil etib, bu an'anaviy bug‘ generatorli stansiyalar ko‘rsatkichlaridan ancha yuqori bo‘lishi bilan birga, energobloklarning ish jarayonida atmosferaga chiqadigan zararli gazlar miqdori qariyb ikki baravarga kamayadi.
To‘raqo‘rg‘on IES ishga tushirilishi natijasida bir yilda 900 Mvt qo‘shimcha qo‘shimcha quvvat yoki 7 mlrd KvT soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi va Farg‘ona vodiysining Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi.
Qurilish ishlarida 2400ga yaqin mahalliy va xorijiy ishchilar ishtirok etdi.
Mavzuga oid
09:34 / 11.12.2024
O‘zbekistonda 5 ta yangi IES ishga tushiriladi
12:50 / 21.10.2024
Kubada millionlab aholi IESdagi avariya tufayli elektrsiz qolmoqda
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
16:48 / 06.07.2024