Jahon | 22:58 / 13.08.2019
10787
1 daqiqa o‘qiladi

Hongkong rahbari iste'foga chiqishdan bosh tortdi

Foto: AFP

Hongkong ma'muriy kotibi Kerri Lam namoyishchilar talabi bilan iste'foga chiqishdan navbatdagi marta bosh tortdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Lam matbuot anjumani tashkillashtirib, unda namoyishchilarni tartibsizliklarni to‘xtatishga va Hongkong xalqaro aeroportini to‘smaslikka chaqirgan.

Uning aytishicha, namoyishchilar Hongkongni “barbod qilishmoqda” va “uni jarlikka itarishmoqda”. 

Hongkongda to‘xtamayotgan katta ko‘lamli noroziliklar iyunda ekstraditsiya haqidagi qonunga tuzatmalar kiritishning ko‘rib chiqilishi sababli boshlangan. Tuzatmalar ma'qullanganda ular Hongkongga u bilan ekstraditsiya haqida kelishuvga ega bo‘lmagan tomonlarga, jumladan Tayvan, Makao va Xitoyga gumonlanuvchilarni topshirishga imkon berardi. Dastlab namoyishlar tinch ko‘rinishda bo‘lgan, biroq har safar ular keskinroq tus olmoqda.

Mavzuga oid