Hokimlarning yer uchastkalari bo‘yicha vakolatlaridan biri qisqartirildi
O‘zbekistonda hokimlarning yer uchastkalariga oid vakolatlaridan biri olib qo‘yiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmonda aytiladi.
Xususan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini olib qo‘yish va bir fermer xo‘jaligidan boshqasiga o‘tkazish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo‘lgan, ular foydalanadigan va mulki bo‘lgan yer uchastkalarini jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish bo‘yicha vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashlariga beriladi.
Qayd etilishicha, 2020 yil 1 martdan kuchga kiradigan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilingan.
Mavzuga oid
14:21 / 21.12.2024
Hokimlar va futbol. Yil boshidagi maqsad va xarajatga yarasha qanday natijaga erishildi?
20:18 / 30.11.2024
Energetika sohasidagi sustkashlik uchun 14 nafar hokimga hayfsan berildi
14:02 / 16.11.2024
Prezident 9 nafar senatorni tayinladi
11:09 / 08.11.2024