Video: Vodiy derbisidan keyin Andijondagi stadionda tartibsizlik yuzaga keldi
«Sog‘lom avlod» stadionida bo‘lib o‘tgan vodiy derbisi doimgidek «qiziqarli» voqealarga boy bo‘ldi. Superliganing 17-turi doirasidagi uchrashuv o‘yin sifati jihatidan yuqori saviyada bo‘ldi, deya ayta olmaymiz. Har ikki jamoa ham nursiz o‘yin namoyish qildi.
O‘yinning 52-daqiqasida Aziz Turg‘unboyev jarima nuqtasidan gol urib, «Navbahor»ga uch ochko va jamoasi muxlislariga bir olam quvonch baxsh etgach, stadion tribunalarida biroz tartibsiz holat yuzaga keldi.
Namanganlik muxlislarning tribunalardagi raqslari «Andijon» jamoasi ishqibozlarining ehtiroslarini junbushga keltirdi.
Natijada, mehmon muxlislar stadionga ham tushib ketishdi. Ular o‘zlariga tribunaning orqa tomonidan tosh otilayotganini aytishgan. Andijon IIB xodimlari tartibsizlikni o‘z vaqtida bartaraf etdi. Hech kim jarohat olmadi.
Namanganlik muxlislardan iborat mashinalar kolonnasi viloyat chegarasigacha kuzatib qo‘yilganligi aytilmoqda.
Qayd etish kerakki, bunday tartibsizliklar «Andijon» va «Navbahor» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar uchun odatiy hol.
Bundan uch oy oldin, Namanganda bo‘lib o‘tgan derbida ham futbolchilar stadionni tark etayotgan paytda muxlislar turli narsalarni uloqtirgan, shuningdek, stadion tashqarisida ham tartibsizliklar bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024