Buxoroda «Qizil kitob»ga kiritilgan baliqlarni ovlagan brakonerlar ushlandi
Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Olot tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan tezkor ekologik reyd o‘tkazildi, deb xabar berdi Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.
Xabarda aytilishicha, reyd davomida Qorako‘l tuman Poykent MFYda yashovchi fuqarolar H.M., H.R.,S.F.,R.B lar Olot tumani Bahoriston hududiga qarashli tumanlararo kollektordan qo‘lbola usulda tayyorlangan vositalar yordamida baliq ovlash bilan bog‘liq qonun buzilish holati sodir etilayotgan vaqtda to‘xtatildi.
Ular uch dona oq amur balig‘i, o‘n uch dona oqko‘z balig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan, yo‘qolib borayotgan uch dona turkiston mo‘ylovdori baliqlarini tutishgan.
Qonunbuzar fuqarolardan ov jarayonida foydalanilgan qo‘lbola ovlash vositalari, rezina qayiq, elektr simlar olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va jinoyat alomatlari borligi sababli Olot tuman ichki ishlar bo‘limiga topshirildi.
Mavzuga oid
12:33 / 13.12.2024
Buxoroda 2,6 mln dollarlik kriptoaktivlar bilan savdo qilgan 17 yoshli o‘smir ushlandi
10:24 / 02.12.2024
Buxoro viloyati hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi
13:41 / 30.11.2024
Prezident yig‘ilishidan keyin Buxorodagi uchta tuman va bir shaharda hokim o‘zgardi
11:34 / 08.10.2024