Sport | 11:55 / 08.09.2019
15305
1 daqiqa o‘qiladi

Otabek Shukurov og‘ir jarohatdan qutulib, safga qaytdi

Birlashgan Arab Amirliklarining «Sharja» klubi va O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov og‘ir jarohatidan forig‘ bo‘ldi.

7 sentabr kuni 23 yoshli futbolchi jamoasi tarkibida Arab ko‘rfazi Kubogidan o‘rin olgan «Ajman»ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘ynadi. Uning jamoasi 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Shukurov mart oyida O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida Xitoyga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida og‘ir jarohat olib, aprel oyida jarrohlik amaliyotini o‘tagan edi. Natijada u safga qaytish uchun 6 oy vaqt sarfladi.

Mavzuga oid