Sport | 17:54 / 12.09.2019
35041
2 daqiqa o‘qiladi

G‘ofur Rahimov o‘zini AQSh sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni talab qilmoqda 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonlik tadbirkor G‘ofur Rahimov o‘zining AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishini noqonuniy deb tan olinishini talab qilmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Rahimov AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish ofisiga qarshi sudga da'vo bilan chiqqan.

Tadbirkor sobiq SSSRdan chiqqan shaxslarning ehtimoliy jinoiy tashkiloti - «Bratskiy krug» faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinganligi sababli 2012 yilda ro‘yxatga kiritilgan.

Ammo, 2017 yilda Moliya vazirligi Rahimovni jinoyat olamida nufuzli shaxslarning jinoiy tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Shu bilan birga, AQSh o‘z yurisdiksiyasida topishi mumkin bo‘lgan uning barcha mulki bloklab qo‘yildi.

«OFAC ro‘yxatida deyarli sakkiz yil davomida bo‘lish Rahimovga tuzatib bo‘lmaydigan moliyaviy va boshqa zararni keltirib chiqardi, bu davom etmoqda», - deyiladi da'vo arizasida.

2018 yildan beri u sanksiyalar to‘g‘risidagi qarorni asoslaydigan hujjatlarni OFAC’dan hujjatlarni olishga harakat qilmoqda, ammo muvaffaqiyatga erishmadi.

Da'voga ko‘ra, Rahimov sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi qayta ko‘rib chiqilishi kerakligi bo‘yicha muhim ma'lumotlar va huquqiy dalillarni taqdim etgan, ammo hanuzgacha batafsil xabarnoma olmagan.

Rahimovning advokatlari ma'lum qilishicha, Moliya vazirligining bunday harakatlari da'vogarning huquqlari va AQSh qonunlarini buzadi.

Mavzuga oid