O‘zbekiston | 16:25 / 14.09.2019
6420
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekistonning tanqidiy fikrlarga ochiq ekanini e'tirof etdi

Foto: Xalqaro press-klub

2019 yilgi paxta terimi mavsumida 400 mehnat inspektori nazorat qiladi. Ularga 200 nafar yordam ko‘mak beradi. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistondagi bosh texnik maslahatchisi hamda «Uchinchi tomon monitoringi» yetakchi mutaxassisi Yonas Astrup ma'lum qildi. 

«2018 yilda 200 mehnat inspektori paxta dalalarida hosilni yig‘ib olish jarayonini nazorat qilgan bo‘lsa, bu yil bu raqam 400ga yetkazildi. Bundan tashqari, ularga 200 yordamchi ko‘mak beradi. Bu bir necha yuz foizga oshirilganini anglatadi», - dedi XMT bosh texnik maslahatchisi.

U, shuningdek, O‘zbekiston hukumatining tanqidiy ma'lumotlar va fikrlarga ochilganini e'tirof etar ekan, bugungi kunga kelib, inson huquqlari faollari paxta terimi mavsumini bemalol monitor qilishlari va hukumat bilan muloqotda hamda matbuot anjumanlarida ishtirok etishlari mumkinligini ta'kidladi. 

«Turli ommaviy axborot vositalarida mehnat huquqlari buzilishi bilan bog‘liq maqolalar, ijtimoiy media tarmoqlarida esa, postlar soni ko‘paydi. Shu bilan birga, O‘zbekiston paxta yetishtiriladigan maydonlarni qisqartirmoqda hamda paxta tolasini eksport qilishdan tayyor tekstil mahsulotlarini eksport qiluvchi mamlakatga aylanmoqda. Bu esa, aynan qisqa muddatga ishchilarga bo‘lgan talab oshishini kamaytiradi va yil davomida muntazam ish o‘rinlari bilan ta'minlashga yordam beradi», - dedi Yonas Astrup. 

Mavzuga oid