Jamiyat | 12:57 / 25.09.2019
14864
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon – O‘sh yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Bugun, 25 sentabr kunidan boshlab, Andijondan Qirg‘izistonning O‘sh shahriga mikroavtobuslar qatnay boshladi.    

Andijon avtoturargohida mazkur yo‘nalishning ochilishi munosabati bilan tadbir o‘tkazilib, unda ikki  qo‘shni viloyat mutasaddilari qatnashdilar. Shundan so‘ng jamoat transportining birinchi reysi Andijondan O‘sh tomon yo‘lga chiqdi.
     
Yo‘nalish bo‘yicha Qirg‘iziston tomonidan 6ta, O‘zbekiston tomonidan 6ta, jami 12ta yangi, zamonaviy barcha qulayliklarga ega mikroavtobuslar ish olib boradi. Har ikki davlat chegara va bojxona postlari tomonidan jamoat transportining tez fursatlarda o‘tishi  uchun “yashil yo‘lak” tashkil etishga kelishilgan. 

“Mikroavtobuslarning faqat kunduz kuni emas, balki sutka davomida yo‘lovchilarga xizmat qiladi. Yo‘lkira haqi 10 ming so‘m. Hisob kitoblarimizga ko‘ra, kuniga 2 ming nafar yo‘lovchini tashiladi”, - deydi Andijon viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Mashrapov. 

Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid