O‘zbekiston | 10:04 / 07.10.2019
14429
1 daqiqa o‘qiladi

«Yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi tasdiqlandi

Prezident qarori bilan 2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi tasdiqlandi.

“Yashil” iqtisodiyotga o‘tishning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishdan iborat.

Bunga texnologiyalarni modernizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali erishiladi.

Strategiyani amalga oshirish natijasida issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalari 2010 yildagiga nisbatan 10 foizga qisqartiriladi.

Shuningdek, 100 foizgacha aholi va iqtisodiyot tarmoqlari zamonaviy arzon va ishonchli energiyadan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlanadi.

Bundan tashqari, ekologik jihatdan yaxshilangan motor yoqilg‘isi va avtomobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish kengaytiriladi, elektr transporti rivojlantiriladi. 

Mavzuga oid