Jahon | 14:25 / 09.10.2019
33214
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya harbiylari Suriya hududiga kirdi

Foto: Bloomberg

Turkiya o‘z harbiylarini Suriya hududiga kiritishni boshladi. Bu haqda Bloomberg o‘z shaxsi sir qolishini istagan Turkiyadagi manbaga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Manbaning aytishicha, turkiyalik harbiylarning vazifasi — kurdlarning qurollangan bo‘linmalarini chegaradan uzoqroqqa chekintirish hisoblanadi, u boshqa detallarni ochiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an 6 oktabr kuni Suriya shimoli-sharqida harbiy amaliyot o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma'lum qilgandi. Bu amaliyot Anqara tomonidan terrorchi guruh sifatida tasniflanuvchi kurdlarning Milliy mudofaa ortyadlariga qarshi qaratilgan. Kurdlarning harbiy bo‘linmalari — AQShning ittifoqchilari sanaladi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa  dastlab amerikalik harbiylar Suriyani tark etishini e'lon qildi, ammo ko‘p o‘tmasdan Turkiyani kurdlarga qarshi kuch ishlatishdan tiyilish haqida ogohlantirdi.

Mavzuga oid