Avtosisterna Xitoyda ko‘prikning qulashiga olib keldi (video)
Xitoyning Tszyansu viloyatida estakada ko‘prigining qulashi oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi yaralandi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea 10 oktyabrda mahalliy vaqt bilan soat 18:10da Usi shahri yaqinidagi trassada yuz bergan.
Falokat vaqtida ko‘prik ostidan mashinalar o‘tayotgan bo‘lgan. Natijada ko‘prikning bir qismi uchta mashinani bosib qolgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘prik me'yoridan ortiq yuklangani sababli qulagan. Politsiya falokat sababchisini aniqlagan. Bu 187 tonna noma'lum yukni tashib ketayotgan avtosisterna haydovchisi bo‘lib, ushbu og‘irlik ko‘prikka ruxsat etilgan yuklamadan bir necha barobar ko‘proqni tashkil qilgan. Haydovchi taqiqlovga qaramasdan, ko‘prikdan harakatlangan va qarama-qarshi tomongacha yetib bora olmagan. U voqea joyidan qochib qolgan.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
19:51 / 24.04.2023