O‘zbekiston | 10:25 / 16.10.2019
30836
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati paxta topshirish rejasini bajarish arafasida, respublika rejasi 70 foiz

Andijon viloyati 2019 yilgi paxta topshirish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarish arafasida turibdi. Respublika viloyatlarida 2019 yil hosilidan paxta xom-ashyosi tayyorlash to‘g‘risidagi ma'lumotnomada keltirilishicha, 15 oktabr holatiga ko‘ra, viloyat paxtakorlari davlatga 238 ming 386 tonna paxta topshirishgan va rejani (240 800) 99 foizga bajarilgan.

Respublikada paxta sotish rejasini birinchi bo‘lib Farg‘ona viloyati bajargandi.

Ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan va Xorazm viloyatlari ham rejaga yaqinlashmoqda. Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlari esa nisbatan ortda qolmoqda.

Respublika bo‘yicha bu mavsumda 2 million 958 ming tonna paxta hosili terib olish rejalashtirilgan. Ayni vaqtda bu reja 70 foizga bajarilgan.

Mavzuga oid