Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan
Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, shifoxona tomonidan elektron davlat xaridlari portaliga har birining narxi 3 mln. 500 ming so‘mdan bo‘lgan 10 dona (35 mln. so‘mlik) “G” markali konditsioner xarid qilish bo‘yicha xususiy korxona bilan elektron shartnoma rasmiylashtirilgan.
Biroq, xususiy korxona tomonidan “G” markali konditsionerlari o‘rniga, narxi 2 mln. 425 ming so‘m bo‘lgan 10 dona (24 mln. 425 ming so‘mlik) “A” rusumli konditsionerlar olib kelib o‘rnatilib, jami 10 mln. 575 ming so‘mlik budjet mablag‘lari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Bundan tashqari, shifoxonada 31 holatda jami 58 mln. 305 ming so‘mlik dori vositalari qimmat narxlarga xarid qilinib, ancha miqdordagi budjet mablag‘lari rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “g” bandi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024