Hindiston poytaxti 120 yillik tarixdagi eng sovuq kunlarni boshdan kechirmoqda
Hindistonning shimoliy qismiga sovuq havo oqimi kirib keldi. Mamlakat poytaxti Dehli shahrida 1901 yildan buyon eng sovuq kun kuzatildi - Tselsiy bo‘yicha +9,4 daraja.
Dushanba kuni Hindiston poytaxti sovuqdan tashqari quyuq tuman ostida qoldi, bunga havo keskin darajada ifloslanishi qo‘shildi.
Bayram oldi kunlarida sovuq tufayli poyezdlar qatnovi 30 yo‘nalishda o‘zgarishlarga uchradi, quyuq tuman tufayli Indira Gandi nomidagi aeroportda 450dan ortiq aviareys kechiktirildi.
Meteorologik ma'lumotlarga ko‘ra, Dehlida 1901 yildan buyon eng sovuq havo kuzatilmoqda, o‘shanda havo harorati +9,8C darajani tashkil etgandi.
Mamlakatning barcha shimoliy shtatlarida kunduzi harorat normadagidan 10 daraja past bo‘lmoqda.
Noodatiy sovuqdan bolalar va uysizlar aziyat chekmoqda. Ko‘chalarda nafas olish qiyinlashgan, ammo maktablarda darslar davom etmoqda.
Dehlidagi uysizlar boshpanalari - shaharda bunday nuqtalar 200dan ortiq - odamlar bilan to‘lgan. Tunda harorat +1S darajagacha tushmoqda, uysizlar orasida o‘lim holatlari qayd etilmoqda.
Boshpanalarda ham sovuq - Hindistondagi uylar hech qachon isitish moslamalari bilan ta'minlanmagan. Do‘konlarda elektr isitgichlar sotilmoqda, sotuvchilar chegirmalar joriy qilishgan.
Ammo Hindistonda bunday qurilmalarni sotib olishga imkoniyati yo‘q qashshoqlarning soni millionlab. Ular an'anaviy usullarda isinishmoqda: to‘shak ichiga issiq suv solingan idishlarni qo‘yishadi va ustini choyshablar bilan yopishadi.
Hindistonda qishki kiyimlar kiyishga ham odatlanishmagan: shkafda ko‘pi qo‘pol sviter va sholro‘mol topilishi mumkin.
No visibility... Too cold... Drive Safe Delhi #DelhiWinters #foggy #delhifog pic.twitter.com/FjsGcLghVz
— SoniaDas (@mysticpoet5) December 30, 2019
«Hech narsa ko‘rinmayapti... Juda sovuq... Mashinani ehtiyotkorlik bilan boshqaring», - deya yozgan Dehlida yashovchilardan biri tvitterdagi sahifasida. Smog tufayli o‘lim bilan yakunlangan yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lmoqda.
Qishning ilk kunlarida Dehliga Himolaydan sovuq havo oqimi kirib keladi, ammo odatda dekabr oyi oxirida bu havo oqimi o‘rnini g‘arbdagi Uttar-Pradeshdan esuvchi iliq havo oqimi egallardi. Ammo bu yil Uttar-Pradesh, Xaryan va Panjob shtatlariga ham sovuq havo oqimi yopirilgan.
Havo sifati indeksini (AQI) 450 raqamini ko‘rsatgan (norma 0-50 hisoblanadi), bu esa favqulodda holat belgisidir.
Living in Delhi is a bit like falling in love: It's so cold you can't feel your body, the fog makes you blind. And the pollution, it leaves you breathless 😂🤣😣 pic.twitter.com/F4YGYlEQwl
— amrita madhukalya (@visually_kei) December 30, 2019
«Dehlidagi hayot oshiqni eslatadi: judayam sovuq, o‘z tanangni sezmaysan, tuman qalinligi tufayli ko‘rga o‘xshab yurasan», deya romantik munosabat bildirgan yana bir tvitter foydalanuvchisi Amrita Madxukalya.
Mavzuga oid
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024
Hindiston havoning ifloslanishi bilan bog‘liq cheklovlarni kuchaytirdi
21:54 / 12.12.2024