Jahon | 19:20 / 06.01.2020
30887
2 daqiqa o‘qiladi

Sergey Shoygu Turkiya razvedkasi va Eron bosh shtabi rahbari bilan gaplashdi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Eron qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Muhammad Bagiri bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma'lum qilgan.

Suhbat davomida tomonlar eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi mavzusini muhokama qilishgan. Bundan tashqari, Eron va Rossiya yetakchi harbiy rahbarlari Yaqin Sharq, xususan Suriyadagi vaziyat haqida gaplashishgan.

Shoygu avvalroq Turkiya razvedkasi rahbari Hoqon Fidan bilan ham telefon orqali muloqot qilgandi. 5 yanvar tunda o‘tkazilgan suhbatda tomonlar mavzusi ham Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi bo‘lgan.

Bugun, 6 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Angela Merkelni Moskvaga taklif qilgani haqida xabar paydo bo‘ldi. 11 yanvar kuni Germaniya va Rossiya yetakchilari Yaqin Sharqda eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilganidan so‘ng yuzaga kelgan murakkab vaziyatni muhokama qilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid