Samarqandda it tashlab ketilgan chaqaloq hayotini saqlab qoldi
Samarqandda ayol qiz farzandni dunyoga keltirib, so‘ng uni daraxtzorga tashlab ketgan. Chaqaloqni ko‘rib qolgan it uni o‘z egasiga olib bordi va hayotini saqlab qoldi
Samarqandda it yangi tug‘ilgan chaqaloqning hayotini saqlab qoldi, hayvon bolani daraxtzorda ko‘rib qolgan.
«Zamon» telekanalining muxbirlariga ko‘ra, 6 fevral kuni 21 yoshli qiz chaqaloqni dunyoga keltirgan va uni daraxtzorga tashlab ketgan.
It yangi tug‘ilgan bolani ko‘rib qolgan va o‘z egasiga olib borgan.
«It qahramonga aylandi va butun qishloqni hayratga soldi. U bolani tishida ushlab olgan holda egasiga olib keldi. Itning egalari chaqaloqni tibbiy muassasaga topshirishdi», - deyiladi telekanal ko‘rsatuvida.
Mahalliy shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bola olib kelinganida, u kir holatda bo‘lgan, tanasining ba'zi qismlari esa tirnalgan.
«Bolaning vazni 3,1 kilogramm. Sog‘lig‘i holati o‘rtacha og‘irlikda», - deya ta'kidlab o‘tdi tibbiyot xodimi.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024