Sport | 23:31 / 23.02.2020
12124
1 daqiqa o‘qiladi

Dzyudo. Dyusseldorfda ikkita oltin medal qo‘lga kiritildi

21-23 fevral kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turniri o‘tkazildi. 

Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik polvonlar so‘nggi kungi bahslarda ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada -90 kg vazn toifasida qatnashgan Davlat Bobonov finalda ukrainalik Kuyedjau Nabaliga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini ippon bahosi bilan mag‘lub etdi. Dyusseldorf turnirining oltin medali sohibiga aylandi. 

Foto: O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi

Bungacha Bobonov Tojikiston, Qozog‘iston, ikki nafar Gruziya va Kuba vakillarini mag‘lubiyatga uchratgandi.

Ikkinchi oltin medalni -100 kg vaznda qatnashgan Muhammadkarim Xurramov qo‘lga kiritdi. Xurramov hal qiluvchi bellashuvda ozarboyjonlik Elmar Gasimovni mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.

Turnir yakuniga ko‘ra o‘zbekistonlik dzyudochilar umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallagan. 

Mavzuga oid