O‘zbekiston | 16:25 / 20.03.2020
60878
4 daqiqa o‘qiladi

Infografika: Qanday qilib koronavirus tarqalishi oldini olish mumkin?

Koronavirus butun Yer kurrasida barchani sarosimaga solgani rost. Xalqaro qatnovlar to‘xtatilmoqda. Pandemiya sharoitida davlatlar yoppasiga karantin e'lon qilishmoqda.

Xo‘sh nega aynan karantin?

Chunki virus ko‘pchilik uchun u qadar xavfli emas, uni shamollashga qarshi ma'lum dorilar vositasida davolash mumkin. Uning tarqalishining oldini olish uchun esa karantindan yaxshiroq chora yo‘q. Chunki hozircha virusga qarshi vaksina topilmagan.

Malayziyada virus tarqalishining oldini olish uchun fuqarolar nima qilishi kerakligi haqida yo‘riqnoma tayyorlandi. Kun.uz ushbu yo‘riqnomani o‘zbek tiliga o‘girib, e'tiboringizga havola etadi.

 
Karantin choralari: Qanday qilib koronavirus tarqalishi oldini olish mumkin?

Karantin choralari: Qanday qilib koronavirus tarqalishi oldini olish mumkin? 👉 https://kun.uz/24182529

Posted by Kun.uz on Friday, March 20, 2020

Koronavirus tarqalishining oldini qanday olish mumkin?

Odamlar 4 toifaga bo‘linadi. Keling, ularni shartli ravishda «A», «B», «C» va «D» deb belgilab olaylik.

«A» — u ilk virus tashuvchi. Bundaylarni topish oson va davolash ham mumkin.

«A» xorijdan uchib kelib, «S» bilan aloqa qiladi. «S» — oila a'zolari, do‘stlar, hamkasblar, qo‘shnilar, supermarketdagi kassirlar, kinoteatr xodimlari, yemak yetkazuvchilar va boshqalar bo‘lishi mumkin.

«S»larning soni qancha bo‘lsa ham, biz ularning barchasini topa olamiz.

Bu holatda «S» karantinga olinadi va va tekshiriladi.

Biroq «A» ko‘cha-ko‘yda, jamoat joylarida «C» bilan uchrashish, gaplashish, ko‘rishish asnosida o‘ziga mutlaqo begona bo‘lgan «V»ning oldidan o‘tishi va virus yuqtirishi mumkin.

Muammo shundaki, biz «V»ni topa olmaymiz. Hech kim, hatto «V»ning o‘zi ham «V» kimligini bilmaydi!

Endi sahnaga «D»lar chiqadi. «D» mutlaqo kutilmaganda «B» bilan aloqa qilishi mumkin. Bu holda sog‘lom «D»  virus yuqtirgan «B» («B2»)ga aylanib qoladi.

Buning oldini olish uchun «D» uyda o‘tirishi va tashqariga chiqmasligi juda muhim.

Bu usul bilan biz:

  • Karantin va davolashni qo‘llab, «V» guruhini yaqindan bilishimiz;
  • «V2»lar hosil bo‘lishini kamaytirishga erishishimiz;
  • Virus tarqalishini to‘xtatishimiz mumkin

Fuqarolarni qamal va karantinga solishdan asosiy maqsad — «V» guruhni topish uchun vaqtdan yutish!

Koronavirus infeksiyasining inkubatsiya davri asosan 2 haftani tashkil etadi. 2 hafta ichida esa «V» guruhi alomatlari namoyon bo‘ladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mavzuga oid