Jamiyat | 11:18 / 20.05.2020
9059
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda elektr jihozlarni xarid qilishdagi talon-torojliklar fosh etildi 

Holat yuzasidan "Samarqand HETK" AJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

Tekshiruvda 2017-2019 yillarda manzilli Dastur ijrosi yuzasidan “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga “O‘zelektroapparat-Elektroshchit” AJ va Toshelektroapparat” MChJdan elektrotexnik jihozlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali maqbul (optimal) narxlarda sotib olishga ruxsat berilganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Biroq, jamiyat mansabdor shaxslari elektrotexnik jihozlarni sotib olish haqida boshqa MChJlar bilan shartnomalar tuzishib, 5,4 mlrd so‘m budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bundan tashqari, jamiyat mansabdorlari tomonidan “O‘zelektroapparat-Elektroshchit” AJ va “Toshelektroapparat” MChJlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilingan transformator podstansiyalarining narxlariga nisbatan transformator podstansiyalarini 1,3 mlrd so‘mga boshqa korxonadan qimmat narxda sotib olinib, davlat va jamoat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan "Samarqand HETK" AJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid