Sport | 16:41 / 04.06.2020
6711
1 daqiqa o‘qiladi

Tachmurod Agamurodov «Qizilqum»da ish boshladi

Superliga davom ettirilishi oldidan Navoiyning «Qizilqum» klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi.

Tribuna.uz manbasiga ko‘ra, o‘tgan mavsumning ikkinchi davrasidan buyon «Dinamo» jamoasini boshqarib kelayotgan Tachmurod Agamurodov Samarqand klubini tark etgan. Turkmanistonlik mutaxassisga Navoiyning «Qizilqum» klubidan taklif tushgan. 67 yoshli murabbiy bugun Navoiyda klub rahbariyati bilan uchrashib, kelishuvga erishgan va bosh murabbiy etib tayinlangan.

Bungacha klub bosh murabbiyi sifatida ishlagan Hamidjon Aktamov klub rahbariyatidagi faoliyatini davom ettiradi. Aktamov so‘nggi marta Superliga 1-turida «Qizilqum» - «Nasaf» (1:3) o‘yinida jamoani boshlab tushgandi. Keyingi ikki turda esa klubni yordamchi murabbiy Akmal Xoliqov boshqargandi.

Eslatib o‘tamiz, «Qizilqum» oldinroq rossiyalik mutaxassislar Viktor Kumikov va Aleksandr Xomyakovlar bilan muzokara o‘tkazgandi.

Mavzuga oid