«Bunday voqealar favqulodda holat sifatida qabul qilinishi zarur» - Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz Andijondagi qiynoq voqeasi haqida
1 iyul kuni Xalqaro press klubning Andijondagi qiynoq ishi masalasiga bag‘ishlangan sessiyasida Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz bo‘lim boshlig‘i Oybek Ahmadov qiynoq tufayli vafot etgan fuqaro bilan bog‘liq holat haqida munosabat bildirdi.
Milliy markaz vakili fuqaro A.Aning IIV xodimlari tomonidan qiynoqqa solinib, 11 iyun kuni vafot etishini inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishi deya baholadi.
«A.Aning 3ta holatda konstitutsion huquqi buzilgan. Avvalo, fuqaroning yashash huquqi poymol etilgan. Uning shaxsiy daxlsizlik huquqiga tajovuz qilingan. Bundan tashqari, A.Abdukarimov qiynoqqa solingan. Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz esa konstitutsiyaviy normalarga xilof har qanday holatni qoralaydi», dedi Oybek Ahmadov.
Shuningdek, press-klub sessiyasida Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz Andijondagi holat yuzasida o‘z takliflarini bildirdi:
- Endilikda mamlakatda bunday holatlar favqulodda holat sifatida qabul qilinishi zarur;
- Bundan buyon bu kabi holatlarni chuqur o‘rganish tartibini qat'iy yo‘lga qo‘yish;
- Oliy sudga Jinoyat kodeksining 235-moddasini odil sudlov jarayonida qo‘llash amaliyotini umumlashtirish tavsiya etiladi;
- Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor sohalarda ishlayotgan, faoliyat yuritayotgan barcha toifadagi kadrlar inson huquqlari bo‘yicha o‘qitilishi shart.
Bundan tashqari, markaz vakili Andijondagi qiynoq ishi bo‘yicha olib boriladigan sudning ham to‘liq ochiq tarzda o‘tkazilishini talab qilishini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024