Jahon | 22:02 / 09.07.2020
28447
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusdan eng kuchli zarar ko‘ruvchi inson a'zolari ma'lum qilindi 

Foto: Kirill Zykov / AGN «Moskva»

Koronavirusni og‘ir kechirgan odamlarga o‘pka va yurak zarar ko‘rishi sababli tiklanish zarur. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko “Rossiya 1” telekanali efirida aytib o‘tdi. 

“Koronavirusda eng ko‘p zarar ko‘ruvchi a'zo o‘pkadir. Koronavirusni boshdan o‘tkazganlarda tibbiy xodim yordamini talab qiluvchi ikkinchi muhim muammo yurakning zarar ko‘rishi, jumladan miokardit hisoblanadi”, deb aytgan Murashko.

Uning ta'kidlashicha, kasallikni boshdan o‘tkazganlarga odatiy turmush turziga qaytish uchun yordam zarur. “Kasallikdan keyingi dastlabki bosqichlarda katta jismoniy zo‘riqishlar mumkin emas, chunki organizm ancha toliqqan bo‘ladi, bunga qo‘shimcha - boshdan o‘tkazilgan kasallik o‘pka faoliyatining to‘liq tiklanishiga imkon bermaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan vazir.

Murashkoning aytishicha, samolyotlarda tez-tez uchadigan kishilar, misol uchun sayyohlar, koronavirusni boshdan o‘tkazgan bo‘lsalar, parvozlarni cheklashlari  lozim. Bu parvozlarda bosim o‘zgarishlari bilan bog‘liq.

Mavzuga oid