Jahon | 05:44 / 29.09.2020
30354
2 daqiqa o‘qiladi

Qandli diabetga chalinganlar uchun yaxshi yangilik: Oshqozonosti bezi o‘z faoliyatini tiklashi mumkin

So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, davolanishlar va intensiv vazn yo‘qotish orqali 2-toifa diabet bilan kasallangan bemorlarda oshqozonosti bezining insulin ishlab chiqarish qobiliyati tiklanadi.

Foto: iStock

Joriy yilda onlayn o‘tkazilgan Yevropa diabet tadqiqoti Assotsatsiyasining yillik hisobot yig‘ilishida taqdim etilgan yangi izlanishlar birinchi marotaba 2-toifa diabetni davolash oshqozonosti bezining normal ishlashga qaytishini isbotladi.

“Bemorlarda oshqozonosti bezi normal insulin ishlab chiqarayotganini isbotlaganimizga qaramay, ayrim mutaxassislar “Bu shunchaki yaxshi nazorat qilingan diabet”, – deya ta'kidlashda davom etmoqdalar. Ammo bizdagi izlanishlar oshqozonosti bezi hajmining normal holatga qaytishi bilan ham xarakterlidir”, – deydi tadqiqot olib borgan Buyuk Britaniyadagi New Castle universiteti professori Roy Teylor.

U fikrini shunday davom ettiradi:

“Ko‘p miqdordagi insulin to‘qimalarning o‘sishini ta'minlaydi, hech bo‘lmaganda o‘z hajmini saqlab qolishiga ko‘maklashadi. Odatda, oshqozonosti bezida ovqatdan so‘ng insulin miqdori yuqori bo‘ladi. Ammo 2-toifa diabetga uchragan bemorlarda bu holat kuzatilmaydi. Yangi tadqiqotning yangiligi ham insulinning oshqozonosti bezlariga ta'siri natijasida faoliyatning tiklanishida”.

Tadqiqotlar 2 yil mobaynida 64 nafar 2-toifa qandli diabetga chalingan bemorlar bilan olib borilgan. Eslatib o‘tish kerak, ushbu tadqiqot so‘nggi olti yilda 2-toifa diabetga chalingan bemorlar bilan bog‘liq.

Mavzuga oid